softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston va Rossiya eksportni rivojlantirishga qaratilgan shartnomani imzoladi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekiston va Rossiya eksportni rivojlantirishga qaratilgan shartnomani imzoladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiyaning yetakchi chakana savdo tarmoqlaridan biri bo‘lgan X5 Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda X5 Group o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur shartnoma asosida tomonlar milliy brend ostida xalqaro bozor rastalariga olib chiqish, eksport jarayonlarini soddalashtirish, xalqaro standartlarga javob beruvchi ishlab chiqarish va qadoqlash tizimlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirishmoqda.

Muzokaralarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qilish, zamonaviy logistika zanjirlarini shakllantirish hamda raqobatbardosh ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

X5 Group vakillari O‘zbekistonning boy agroresurslari, qulay tabiiy-iqlimiy sharoiti hamda yuqori sifatli mahsulot yetishtirish salohiyatini yuqori baholab, mazkur hamkorlikning uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar.

Ma’lumot uchun: X5 Group — Rossiyaning 75 ta mintaqasida faoliyat yurituvchi yirik chakana savdo kompaniyasi bo‘lib, 30 mingga yaqin do‘konga egalik qiladi. Kompaniya “Pyatyorochka”, “Perekryostok”, “Chijik”, “Okolo”, “Viktoriya”, “Krasniy Yar” va “Slata” kabi mashhur savdo tarmoqlari orqali keng tanilgan.