softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Hindistonda Londonga uchayotgan samolyot quladi. Asosiy ma’lumotlar

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Hindistonda Londonga uchayotgan samolyot quladi. Asosiy ma’lumotlar

Batafsil o'qish:

Bortda 240 dan ortiq kishi bo‘lgan, ularning hech biri omon qolmagan. Bu Boeing aviakompaniyasining eng yangi modellaridan biri - Dreamliner bilan ro‘y bergan ilk aviahalokatdir.

Foto: Ajit Solanki / AP / Scanpix / LETA

Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtatida Ahmadobod shahri aeroportidan Londonga uchgan yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Hodisa aeroportdan uzoq bo‘lmagan joyda ro‘y bergan. Flightradar servisi ma’lumotlariga ko‘ra, Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyotidan so‘nggi signal UTC bo‘yicha soat 08:08:51 da (mahalliy vaqt bilan soat 13:38) – parvozdan bir necha soniya o‘tib qabul qilingan.

Halokat haqidagi xabardan ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda avialayner parvozga chiqqan va qulashdan oldingi lahzalar aks etgan video paydo bo‘ldi. Boshqa roliklarda esa samolyot qulab tushgan joyda ko‘tarilgan quyuq qora tutunni ko‘rish mumkin.

Air India aviakompaniyasi rasmiy bayonotida Ahmadoboddan Londondagi Getvik aeroportiga uchgan AI171 reysi bilan bog‘liq «hodisa ro‘y bergani» ma’lum qilingan va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishi va’da qilingan. O‘z navbatida, Londondagi aeroport ham mazkur reys shu yerga soat 18:25 da qo‘nishi kerak bo‘lganini bildirgan.

Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi samolyot bortida 242 kishi bo‘lgani – shundan 230 nafari yo‘lovchilar, ikki nafari uchuvchi va yana 10 nafari bort kuzatuvchilar ekanini ma’lum qilgan.

Mahalliy News18 telekanali kamida 133 kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi «juda ko‘p odam» halok bo‘lganini ma’lum qilgan, ammo qurbonlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Hindiston politsiyasi vakili AP agentligiga katta ehtimol bilan aviahalokat oqibatida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari orasida omon qolganlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Samolyot aholi yashash uylari joylashgan kvartalga tushgani tufayli, quruqlikdagilar orasida ham qurbonlar bor. Reuters shifoxonalarga 100 kishining jasadi olib borilganini aniqlagan. Qurbonlar orasida layner qulagan yotoqxonada bo‘lgan tibbiyot oliygohi talabalari ham bor.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, samolyot bortida Hindistonning 169 nafar, Buyuk Britaniyaning 53 nafar, Portugaliyaning 7 nafar, Kanadaning 1 nafar fuqarosi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 217 nafari katta yoshlilar, 11 nafari bolalar edi. O‘zbekiston TIV bortda o‘zbekistonliklar bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Halokat aeroport yaqinidagi turar joy binolari joylashgan hududda sodir bo‘lgan, voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Ahmadobod politsiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot shifokorlar yotoqxonasi binosiga qulagan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostidan kamida 30-35 kishining jasadini olib chiqqan.

Ahmadobodda qulagan samolyot Boeing 787 Dreamliner oilasiga mansub. U Air India aviakompaniyasiga 2014 yil yanvar oyida topshirilgan. Bunday turdagi samolyot birinchi marta 2009 yil dekabr oyida havoga ko‘tarilgan va so‘nggi 15 yil ichida bunday samolyotlar aviahalokatga uchramagandi – Ahmadoboddagi halokat birinchi jiddiy hodisa bo‘ldi.

Dreamliner Amerikaning Boeing aviakompaniyasi flagmani va kompozit materiallardan foydalanadigan zamonaviy ishonchli samolyot hisoblanadi. Uning yoqilg‘i sarfi kamroq va saloni tinchroq; u 13,5 ming kilometrdan ortiq masofaga ucha oladi.

Biroq ekspluatatsiya jarayonida samolyot texnik muammolarga duch kelgan. 2013 yilda Dreamliner’ning butun dunyo floti (49 ta samolyot) Yaponiya aviakompaniyalarida litiy-ionli batareyalarning yonishi bilan bog‘liq ikkita voqeadan so‘ng qo‘ndirilgan. O‘shanda AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) tekshiruv o‘tkazilgunga qadar barcha Dreamliner’lardan foydalanishni to‘xtatgan edi. 

Dreamliner halokati Boeing uchun so‘nggi yillarda aviakompaniya duch kelayotgan muammolar qatorida navbatdagi og‘ir zarbalardan biri bo‘lishi mumkin. Halokatdan keyin AQShdagi dastlabki savdolarda Boeing kompaniyasi aksiyalari deyarli 8 foizga arzonlashdi, deb yozmoqda Reuters.