XAEA 20 yil ichida birinchi marta Eron yadroviy majburiyatlariga rioya qilmayotganini tan oldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Bunday qaror Eron yadro dasturi atrofida keskinlikning yangi to‘lqinini boshlashi va 2025 yil oxirigacha Tehronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklash mexanizmini ishga tushirishi mumkin.
Foto: AP
12 iyun kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boshqaruv kengashi so‘nggi yigirma yil ichida birinchi marta Eronning yadroviy majburiyatlarga rioya qilmayotgani faktini rasman qayd etdi.
Bunday qaror Eron yadro dasturi atrofida keskinlikning yangi to‘lqinini boshlashi va 2025 yil oxirigacha Tehronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklash mexanizmini ishga tushirishi mumkin. Bu haqda Euronews o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, XAEA rezolyutsiyasini 19 davlat yoqlagan. Rossiya, Xitoy va Burkina-Faso qarshi ovoz bergan. Yana 11 davlat betaraf qolib, 2 davlat vakillari esa ovoz berishda umuman qatnashmagan.
Euronews tomonidan e’lon qilingan rezolyutsiya matniga ko‘ra, XAEA boshqaruv kengashi Tehronni yana bir bor yadroviy deb e’lon qilinmagan bir qancha obektlarda topilgan uran izlari bo‘yicha «kechiktirmasdan» tushuntirish berishga chaqirmoqda.
G‘arb diplomatlariga ko‘ra, u yerda topilgan uran zarralari Eronning 2003 yilgacha yashirin yadroviy qurol dasturiga ega bo‘lganini ko‘rsatishi mumkin.