softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

Batafsil o'qish:

Foto: Videodan kadr

Hindistonda halokatga uchragan Boeing Dreamliner samolyotining kamida bir nafar yo‘lovchisi omon qoldi, deb xabar bermoqda ANI agentligi Ahmadobod politsiyasi boshlig‘iga tayanib.

Bungacha Ahmadobod shahri politsiyasi komissari G. Malik «aviahalokatdan omon qolganlar borga o‘xshamayotgani»ni aytgandi. Ammo kunning ikkinchi yarmida u jurnalistlarga qutqaruvchilar tirik qolgan bir yo‘lovchini topganini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qulagan layner bortida 11A o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi Vishvashkumar Rameshdir. U «ayni vaqtda shifoxonada va davolanmoqda».

40 yoshli Ramesh Hindustan Times nashriga samolyot havoga ko‘tarilganidan o‘ttiz soniya o‘tib «kuchli shovqin» eshitgani, keyin esa «samolet yerga urilgani»ni aytib berdi.

«Barchasi juda tez ro‘y berdi. O‘rnimdan turganimda atrofimda jasadlar bor edi. Qo‘rqib ketdim. O‘rnimdan turib, yugurdim. Atrofimda samolyot parchalari bor edi. Kimdir meni ushlab, tez yordam mashinasiga o‘tqazib, shifoxonaga olib ketdi», – degan u.

Air India aviakompaniyasining Ahmadobod shahridan Londonga uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti 12 iyun kuni tushdan keyin Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtati hududida halokatga uchradi. Halokat layner aeroportdan uchib ketganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Samolyot turar joy binolari joylashgan hududda shifokorlar yotoqxonasi binosiga qulagan.

Samolyot bortida 242 kishi – 230 yo‘lovchi, ikki uchuvchi va ekipajning 10 nafar a’zosi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokat joyida 204 kishining jasadi topilgan.