softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ

Batafsil o'qish:

Bu Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan dalolat berishi ta’kidlanmoqda.

Foto: AP

2025 yil may oyida Ukrainadagi urush hududida Rossiya ko‘plab aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu avvalgi davrdagi oylarga nisbatan deyarli rekord darajada ko‘p, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tgan oy Rossiya nazoratiga o‘nlab aholi punktlari o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi:

- Donetsk viloyatida: Novopol, Volnoye pole, Gnatovka, Shevchenko Pervoye, Novoolenovka, Kotlyarovka, Mixaylovka, Mirolyubovka, Stupochki va boshqalar;

- Sumi viloyatida: Vodolagi, Loknya, Vladimirovka, Belovodi, Konstantinovka va boshqalar;

- Xarkov viloyatida: Stroyevka va Kondrashovka.

Nashrning qayd etishicha, bu Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan dalolat beradi – shu sababli mojaro harbiy harakatlar natijasida hal bo‘lishi mumkin.

WSJ Donetskdagi Pokrovsk (Krasnoarmeysk) va Konstantinovka hududlarini, shuningdek, Sumi viloyatini vaziyat eng keskinlashgan asosiy hududlar qatoriga kiritdi. Ukrainalik askarlardan biri nashrga Pokrovskdagi hujumlar kunning istalgan vaqtida davom etayotganini, boshqasi esa Konstantinovka «tezda front chizig‘iga aylanayotganini» aytdi.

«Bu yil yozda biz vaziyat barcha yo‘nalishlarda yomonlashishini kutamiz. Shaxsiy tarkib charchagan. Rotatsiya yetarli emas. Hamma o‘z imkoniyatlari chegarasida jang qilmoqda», dedi Konstantinovka hududida bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlari katta leytenanti.

Ukraina va Rossiya 16 may va 2 iyun kunlari Istanbulda muzokara o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarning amaliy natijalari asirlar va o‘lgan askarlarning jasadini almashish bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuvda tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish shartlari sanab o‘tilgan memorandumlarni almashishdi.

Agar Kiyev o‘z memorandumida joriy front chizig‘ini «muzokaralarning boshlang‘ich nuqtasi» deb hisoblashni taklif qilgan bo‘lsa, Moskva Ukraina Qurolli Kuchlarini ma’muriy chegaralar doirasida Rossiya tarkibiga kirgan va Rossiya kuchlari to‘liq nazorat qilmaydigan Donetsk, Lugansk, Zaporojiye va Xerson viloyatlaridan olib chiqib ketishni talab qildi.