Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish istagida
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Armaniston Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lini tanlab, Moldova va Ukraina kabi a’zo bo‘lishga nomzod statusini qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Alen Simonyan ta’kidlab o‘tgan, deb xabar beradi Azatutyun radiosi.
Jurnalistlarning Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni chuqurlashtirishga tayyormi, Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun nomzodlik statusini qo‘lga kiritish maqsadini o‘z oldiga qo‘ya oladimi, deb bergan savoliga siyosatchi bunday imkoniyatni o‘ylab ko‘rish kerak, deb javob bergan.
“Biz harakat qilishga tayyormiz va bizga eng mustahkam xavfsizlikni taqdim eta oluvchi yo‘nalishda harakat qilamiz. Hozir esa bizning demokratik davlat ekanligimiz xavfsizligimizning eng muhtim tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilmoqda”, — degan Simonyan.
Bu holatda spiker Armanistonning NATOga a’zolik masalasi umuman muhokama qilinmayotganiga urg‘u bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Rossiya boshchiligidagi Kollektiv xavfsizdik shartnomasi tashkilotidagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan edi.
Manba: www.aniq.uz