«Ozodlik radiosi»ning dasturlari translatsiyasi to‘xtatildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQShning Global media agentligi «Ozodlik radiosi» radio dasturlarini uzatuvchi sun’iy yo‘ldosh xizmati bilan shartnomani yangilamadi.
Foto: REUTERS
Amerikaning xorijga translatsiya qilinuvchi OAV vositalarini moliyalashtirishga mas’ul bo‘lgan AQShning Global media agentligi (USAGM) «Ozodlik radiosi»ning rus xizmati radiodasturlarini translatsiya qiluvchi sun’iy yo‘ldosh xizmati bilan shartnomani yangilamadi. Natijada «Ozodlik radiosi»ning Eutelsat Hotbird 13G sun’iy yo‘ldoshi orqali 24 soatlik eshittirishlari to‘xtatildi, deb xabar qildi mediakorporatsiya 12 iyun, payshanba kuni.
«Ozodlik radiosi»ning dasturlari va yangiliklari Svoboda.org saytida, shuningdek "Radio Svoboda Live" YouTube-kanalida mavjud.
Ayni paytda Vashingtondagi Federal okrug sudi "Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi"ni moliyalashtirish bo‘yicha ishni ko‘rishda davom etmoqda. Mediakorporatsiya USAGM'dan 2025 moliyaviy yil uchun AQSh Kongressi tomonidan ajratilgan taxminan 62 million dollarni o‘tkazishni talab qilmoqda.
May oyining oxirida sud USAGM'ga may oyiga ajratilgan mablag‘ni "Ozodlik radiosi"ga o‘tkazishni buyurgan edi. Bu USAGM'ga qarshi uchinchi qanoatlantirilgan da’vodir.