softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Oyatulloh Xomanaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Oyatulloh Xomanaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi

Batafsil o'qish:

Islom Respublikasi oliy rahbariga ko‘ra, Isroil «o‘zining jirkanch xarakterini ko‘rsatib, Eronga qarshi jinoyat sodir etdi». Xomanaiy Isroilni «achchiq qismat» kutayotganini ma’lum qildi.

Foto: AP

Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilni Islom Respublikasiga zarba bergani uchun keskin qoraladi va buning uchun oqibatlar bilan tahdid qildi. Unga ko‘ra, Isroil «o‘zining jirkanch xarakterini ko‘rsatib, Eronga qarshi jinoyat sodir etgan». Shuning uchun Isroil «qattiq jazo» oladi, deya Xomanaiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Eron OAV.

«Bu hujum bilan sionistik rejim o‘zi uchun achchiq qismatni ta’minladi, bunga albatta tayyorgarlik ko‘rishi kerak», deya qo‘shimcha qilgan oyatulloh.

Isroil harbiy-havo kuchlari 13 iyun, jumaga o‘tar kechasi Eron hududiga «ogohlantiruvchi zarba» berdi, shundan so‘ng Isroil havo hududini yopdi. Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar Erondagi yadroviy dastur va boshqa harbiy obektlarga aloqador o‘nlab nishonlarga qaratilgan.

13 iyun kuni ertalab TSAHAL Eronda bir kechada 100 dan ortiq nishonga zarba berilganini ma’lum qildi. Operatsiyaga 200 qiruvchi samolyot jalb qilingan.

Bundan tashqari, OAV xabarlariga ko‘ra, Islom Respublikasidagi harbiy va ilmiy rahbariyatga hujum qilingan. Xususan, zarbalar natijasida Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy, Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy, eronlik yadro sohasidagi olimlar Fereydun Abbosiy-Davoniy va Muhammad Mehdi Tehronchi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Eron matbuotiga ko‘ra, oyatulloh Xomanaiyning maslahatchisi Ali Shamxoniy og‘ir yaralangan.