Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Rossiya Ukrainada haftasiga 5000 askarini yo‘qotmoqda, ammo Putin bunga parvo qilmayapti, dedi AQSh prezidenti.
Foto: REUTERS
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda haftasiga 5000 askarini yo‘qotmoqda, biroq bu jangni davom ettirish niyatida bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’sir qilmayapti, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp. «U parvo qilmayapti. U juda ko‘p qo‘shinlarini yo‘qotmoqda, Ukraina ham. Ko‘ramiz, keyin nima bo‘ladi», — dedi Tramp 11 iyun, chorshanba kuni kechqurun Pod Force One podkastida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar chog‘ida ma’lum yutuqlarga erishilgan, biroq keyin «ular bombardimon qilinmasligi kerak bo‘lgan narsani bombardimon qilgan». Bu «o‘zgarishlarning oxiri» edi, dedi Oq uy rahbari.
Avvalroq, The Atlantic'ning Oq uydagi manbalari Tramp Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU)ning «O‘rgimchak to‘ri» shifrlangan operatsiyasidan norozi ekanini ma’lum qilgandi, uning natijasida iyun oyi boshida dronlardan foydalangan holda kamida 12 nafar Rossiya strategik bombardimonchi samolyoti yo‘q qilindi.
O‘z atrofidagilar bilan suhbatda Tramp bu mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy namoyishkorona operatsiyalar o‘rniga Istanbuldagi Rossiya bilan muzokaralarga e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng Oq uy rahbari Putin va Zelenskiy bir-biridan «nafratlanishini» aytdi va ularning xatti-harakatlarini ko‘chada mushtlashayotgan ikki kichkina bolaga qiyosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularni ajratish vaqti kelguniga qadar ikkalasiga ham «biroz ko‘proq kurashishga» ruxsat berish kerak.
Bunga javoban Zelenskiy Putin bilan ko‘chadagi o‘yin maydonchasidagi bolalar emasligini aytdi.