AQSh nodavlat tashkiloti HAMASni o‘z xodimlarini o‘ldirishda aybladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
G‘azo gumanitar jamg‘armasining ma’lum qilishicha, HAMAS jangchilari uning kamida besh nafar falastinlik xodimini o‘ldirgan.
Foto: AP
AQShda joylashgan G‘azo Gumanitar jamg‘armasi (GHF) 11 iyun, chorshanba kuni kechqurun Xon-Yunus hududida ishga ketayotgan avtobusga qurolli hujum oqibatida kamida besh xodimi halok bo‘lgani va bir necha kishi yaralanganini ma’lum qildi. AFP xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi falastinliklardir.
GHF hujumda AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terrorchi guruh sifatida tan olingan Falastinning HAMAS guruhini aybladi. GHF bayonotida shunday deyiladi: «G‘azo vaqti bilan taxminan soat 22:00 da GHF guruhining yigirmadan ortiq a’zosi bo‘lgan avtobusga HAMAS tomonidan shafqatsizlarcha hujum qilindi. Biz hali ham faktlarni tekshirmoqdamiz, ammo biz bilgan narsa dahshatli: kamida besh kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik yaralandi va jamoamiz a’zolaridan ba’zilari garovga olingan bo‘lishi mumkin».
G‘azo sektori aholisiga gumanitar yordam yetkazib berish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi GHF xalqaro gumanitar tashkilotlar bilan muvofiqlashmasdan mintaqada o‘z faoliyatini boshlagani BMT va boshqa tashkilotlarning tanqidiga uchradi. Newsru.co.il'ning yozishicha, HAMAS G‘azo sektorida gumanitar yordam tarqatishning ushbu tizimi doirasida Isroil va AQSh bilan hamkorlik qilishga urinayotganlarni «xoin» deb e’lon qilgan.