Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ryanair «tiyib turuvchi omil» sifatida tartibsiz yo‘lovchilar uchun jarimalarni joriy qiladi. Jarimalar to‘g‘ridan to‘g‘ri bank kartasidan yechib olinadi.
Foto: IMAGO/Belga
Yevropaning eng yirik aviakompaniyasi Ryanair xatti-harakati parvozdan olib tashlashga sabab bo‘luvchi yo‘lovchilarga 500 yevro jarima soladi. Bu haqda 12 iyun, payshanba kuni loukoster ma’lum qildi. Aviakompaniya jarima «to‘xtatuvchi vosita bo‘lib, samolyot bortidagi nomaqbul xatti-harakatlarni yo‘q qilishga yordam beradi» deb umid qilmoqda.
«Bir itoatsiz yo‘lovchining xatti-harakati tufayli yo‘lovchilar uchun keraksiz noqulayliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», dedi Ryanair vakili.
Jarimalar «to‘g‘ridan to‘g‘ri bron qilish uchun foydalanilgan kartadan» undiriladi — bu o‘zgartirish allaqachon kiritilgan.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab reyslardagi uzilishlarga «janjalkash yo‘lovchilar» sabab bo‘lgan. 2025 yil yanvarida Ryanair yo‘lovchining tartibsiz xatti-harakati tufayli Dublindan Kanar orollaridagi Lansarotega uchgan reysni Portugaliyaning Portusiga yo‘naltirganidan keyin undan 15 000 yevro tovon talab qildi.