softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil Eronning bir nechta generallari va olimlarini o‘ldirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil Eronning bir nechta generallari va olimlarini o‘ldirdi

Batafsil o'qish:

13 iyun tongida Isroil armiyasi Eronning yadro va harbiy infratuzilmasiga qarshi amaliyot boshladi. Tehron, Natanz va Xondobdagi portlashlar Eronning yadro dasturi va harbiy elitasiga katta zarba bo‘ldi. Oyatulloh Xominaiy qasos va’da qildi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tehron aholisi katta portlash ovozlarini eshitdi. Davlat televideniyesi bu portlashlardan keyingi holatni yoritib, Tehron atrofidagi olimlar shaharchasi va yadro inshootlari ustidan tutunlar chiqayotganini namoyish etdi.

Isroil armiyasi bu operatsiyani «Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish salohiyatini jilovlash uchun zarur oldindan ogohlantiruvchi hujum» deb atadi. Hujumlar Natanzdagi yadro boyitish markazi, ballistik raketa infratuzilmasi, olimlar yashayotgan hududlar, qurol omborlari va harbiy laboratoriyalarga qaratilgan.

Katta figuralarga hujum

“Tasnim” axborot agentligi Eron yadro dasturida faoliyat yuritgan ikki yetakchi olim – Muhammad Mahdi Tehronchi va Faridun Abbosiy, shuningdek, Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Muhammad Bagiriy, Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi qo‘mondoni general Husayn Salamiyning o‘limi haqida xabar berdi.

Isroil hujumning birinchi to‘lqinini aynan yuqori darajadagi rahbariyatni yo‘q qilishga qaratgan ko‘rinadi.

AQSh: Bizning aloqamiz yo‘q

Donald Tramp rahbarligidagi Oq uy juma kungi jadvalda Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini belgiladi. Shunga qaramay, Tramp hozircha hech qanday bayonot bermadi. AQSh Davlat kotibi Marko Rubio esa Isroilning ushbu operatsiyasida AQSh qatnashmaganini aytdi.

«Tungi hujumda Isroil mustaqil harakat qildi. AQShning bu hujumlarga aloqasi yo‘q va asosiy ustuvorligimiz bu mintaqadagi amerikalik harbiylarni himoya qilishdir», dedi Amerikaning bosh diplomati. Shuningdek, Rubio Eronni AQSh manfaatlari yoki xodimlariga hujum qilmaslik haqida ogohlantirdi.

Bir necha kun oldin AQSh Yaqin Sharqdagi elchixonalari va bazalardan xodimlar va ularning oilalarini evakuatsiya qilishni boshlagan edi. Bu esa Vashingtonning Isroil zarbalaridan oldindan xabardor bo‘lganini anglatadi.

Eron Isroilga javob beradimi?

Eron Islom Respublikasi mamlakat havo hududini yopdi. Oliy rahbar oyatulloh Xominaiy Eron bu jinoyatni javobsiz qoldirmasligini aytib chiqdi.

Eron islom qo‘riqchilar korpusi rahbariyatiga berilgan zarba va olimlarning yo‘q qilinishi Eron ichida javob harakatlariga siyosiy bosimni kuchaytirishi mumkin. Isroil Eronning javob zarbasiga tayyorgarligini bildirgan.

Isroilning bu zarbasi 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh–Eron muzokaralariga ham jiddiy ta’sir qilishi aniq.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu operatsiyani qachongacha davom ettirishini ham aniq aytmadi. “Qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettiriladi”, dedi u.

O‘zbekiston harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Eronga hujumi yuzasidan “chuqur xavotir” bildirdi. Rasmiy Toshkent barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.

O‘zbekistonning Eron va Isroildagi elchixonalari vatandoshlarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.

NormuhammadAli Abdurahmonov tayyorladi.