softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

Batafsil o'qish:

Oq uy rahbari Eron agar kelishuvga erishmasa, navbatdagi hujumlar yanada shafqatsizroq bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Foto: REUTERS/Nathan Howard

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hukumatini vaziyat yanada keskinlashmasligi uchun AQSh bilan yadroviy bitim tuzishga chaqirdi.

Oq uy rahbari Isroil tomonidan Eronning yadro va harbiy obektlariga zarbalari ortidan shunday bayonot berdi.

«Men Eronga kelishuvga erishish uchun imkoniyat berdim. Lekin ular qanchalik urinmasin, buni uddalay olmadilar... Eronning ba’zi qattiqqo‘l tarafdorlari dadil gapirdi, lekin kelajakda nima bo‘lishini bilmas edi. Endi ularning hammasi o‘lib ketdi va bundan ham battar bo‘ladi! O‘lim va vayronagarchiliklar allaqachon ko‘p bo‘ldi, biroq bunga barham berish uchun hali imkon bor», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi hujumlar yanada shafqatsizroq bo‘ladi.

«Eron kelishuvga erishishi va bir vaqtlar Eron imperiyasi deb atalgan hududni saqlab qolishi kerak. Shunda o‘limlar, vayronagarchiliklar bo‘lmaydi, buni kech bo‘lmasdan bajaring. Xudo barchangizni panohida asrasin!», deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronga zarba berdi. Nishonlar uranni boyitish inshootlari, raketa bazalari, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbariyati va yadro sohasi olimlari bo‘ldi. Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 12 viloyatida berilgan zarbalar oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, 95 kishi jarohatlangan.

Isroil mudofaa kuchlari bu ogohlantiruvchi zarba ekanini, chunki Eron «yadro quroli yaratishga har qachongidan ham yaqinroq» ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, AQSh Isroilning Eronga qilgan hujumiga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Isroilning zarbalari fonida Eron hukumati AQSh bilan 15 iyun kuni O‘monda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Tramp muzokaralar davom etishini kutayotganini aytdi.