Isroil zarbalari oqibatida Eronning kamida 20 nafar yuqori martabali qo‘mondoni halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Shuningdek, yadro sohasi olimlari ham halok bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Majid Asgaripour/WANA
Isroilning Eronga bergan zarbalari oqibatida kamida 20 nafar eronlik yuqori martabali qo‘mondon halok bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters. Ular orasida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda ham bor.
Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, qiruvchi samolyot IIQK Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda va boshqa yuqori martabali amaldorlar bo‘lgan obektga zarba bergan. Hojizoda bilan birga Harbiy-havo kuchlari dron bo‘limi qo‘mondoni Tohirpur va Harbiy-havo kuchlari havo qo‘mondonligi qo‘mondoni Dovud Shayxiyon ham halok bo‘lgan.
Isroil 13 iyun kuni tongda Eronga zarba berdi. Qizil Yarim oy vakilining aytishicha, Eronning 12 viloyatida 100 nafarga yaqin odam jarohatlangan, ulardan 95 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Bir qutqaruvchi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.
Isroil armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hujumda Eronning yuqori martabali uch nafar harbiy qo‘mondoni halok bo‘lgan. Eron matbuoti olti nafar yadro olimi halok bo‘lganini ma’lum qildi.