softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp: Eronda endi yadroviy dastur qolgani aniq emas

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp: Eronda endi yadroviy dastur qolgani aniq emas

Batafsil o'qish:

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Eronga bergan zarbasidan so‘ng Yaqin Sharqda mintaqaviy urush boshlanishidan xavotirda emas. Bu haqda u Reuters agentligiga telefon orqali bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tramp «Eronni xo‘rlik va o‘limdan qutqarishga uringani», mamlakat rasmiylari esa hali ham AQSh bilan bitim tuzishi mumkinligi haqidagi gaplarini takrorladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eronga zarba berishi haqida Vashingtonda «hamma bilgan».

AQSh prezidentining aytishicha, Vashington vakillari hali ham 15 iyunda Eron rasmiylari bilan uchrashishni va kelishuv bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, biroq Tramp uchrashuv bo‘lib o‘tishiga ishonchi komil emas. Avvalroq Eron rasmiylari AQSh bilan 15 iyunga rejalashtirilgan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.

Eronga qaqshatqich zarba berildi, mamlakatda hali ham yadroviy dastur qolgan-qolmagani noma’lum, deya qo‘shimcha qilgan Tramp Reuters bilan suhbatda.

Shu bilan birga NBC News bilan telefon orqali muloqotda AQSh prezidenti Eron vakillari Isroilning hujumlaridan keyin yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni so‘raganini aytdi. «Ular gaplashish uchun menga qo‘ng‘iroq qildi. Biz o‘tgan safar ishlagan odamlar [qo‘ng‘iroq qilishdi]… Ularning ko‘pchiligi endi tirik emas», — degan Tramp.

Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronning harbiy va yadroviy infratuzilmalariga zarbalar yo‘lladi. Natijada yuqori martabali harbiylar, shuningdek, tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Eron bunga javoban Isroil tomon dronlar uchirgan, ammo ularning barchasi Isroilgacha yetib borgunicha urib tushirilgan.

Isroil harbiy-havo kuchlari 13 iyun kuni ham Eron bo‘ylab hujumlarni davom ettirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil zarbalarning ikkinchi to‘lqinida Qum viloyatidagi Fordo uranni boyitish inshootiga (Mazkur obekt tog‘lar orasida, taxminan 80 metr chuqurlikda joylashgan) zarba berilgan.