softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

Batafsil o'qish:

Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarolari, jumladan harbiy xizmatchilarning jasadini Kiyevga topshirdi, deb xabar qildi Ukraina muvofiqlashtirish shtabi. Jasadlarni topshirish 2 iyun kuni Istanbuldagi kelishuvlarga muvofiq amalga oshirildi.

Foto: Friedemann Kohler/dpa/picture alliance

Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosi, jumladan harbiy xizmatchilarning jasadini Kiyevga topshirdi. Bu haqda 13 iyun, juma kuni Telegramʼdagi kanalida harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha Ukraina muvofiqlashtirish shtabi xabar berdi. Jarayon Istanbuldagi kelishuvlarga muvofiq amalga oshirildi.

Muvofiqlashtirish shtabi xodimlari, Ukraina Xavfsizlik xizmati, Qurolli kuchlar, Ichki ishlar vazirligi, Oliy radaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisi va boshqa tuzilmalarning birgalikdagi faoliyati natijasida jasadlar qaytarildi.

«Huquqni muhofaza qilish organlari tergovchilari IIV ekspertiza muassasalari bilan birgalikda barcha zarur ekspertizalarni o‘tkazadi va repatriatsiya qilinganlarning shaxsini aniqlaydi», — deya ta’kidladi muvofiqlashtirish shtabi.

Ukraina tomoni Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga ko‘rsatgan yordami uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.