Germaniya, Fransiya va YEMB Rossiya aktivlarining musodara qilinishi ehtimolidan xavotirda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Fransiya, Germaniya va Yevropa Markaziy banki Rossiyaning muzlatilgan aktivlari musodara qilinishi ehtimolidan xavotir bildirdi - bu haqda vakillar Moliya vazirligi va G20 mamlakatlari Markaziy banki rahbarlarining uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilishdi.
Bloomberg manbalariga tayanib xabar berishicha, Parij, Berlin va YEMB Rossiya tomonidan Yevropa aktivlariga nisbatan ehtimoliy javob choralari hamda bunday choralarning butun moliyaviy tizim barqarorligiga salbiy ta’siridan xavotirda.
Agentlikning ta’kidlashicha, G‘arb uchun xavf shundaki, aktivlarning olib qo‘yilishi boshqa mamlakatlarni ham G‘arb valyutalarida zaxiralarni saqlamaslikka undaydi.
Manba: www.aniq.uz