softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

Batafsil o'qish:

Mudofaa vaziri AQSh butun dunyoda o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida ekanini aytdi.

Foto: Omar Marques / Getty Images

AQSh mudofaa vaziri Piter Hegset Fox telekanaliga bergan intervyusida AQSh o‘zining dronlarga qarshi mudofaa tizimini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirganini aytdi.

«Kongressda menga shu haqda savol berishdi va men: «Ha, ko‘chirdik», deb javob qaytardim», dedi Hegset.

Uning tushuntirishicha, zamonaviy urush va milliy mudofaa o‘zgargan va Qo‘shma Shtatlar nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida. «Kichik tizimlar» jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligiga qaramay, AQSh bunga tayyor.

«Ha, urush tushunchasining o‘zi ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda: dronlarga qarshi texnologiya haqiqatan qo‘rqinchli. Lekin bizda kerakli odamlar bor», deb ishontirdi Hegset.

The Wall Street Journal gazetasining 5 iyun kuni xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Hegsetning buyrug‘i bilan Ukrainaga yetkazish uchun mo‘ljallangan maxsus raketa uskunalarini Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy havo kuchlariga yo‘naltirgan. Pentagon rahbari o‘z qarori haqida Kongressni «ortiqcha shovqinsiz» xabardor qilgan.

8 iyun kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga berishga va’da qilgan 20 ming dona dronga qarshi raketalarni Yaqin Sharqqa yuborganini e’lon qildi.