Erondagi Fordo yadroviy markazi yaqinida zilzila kuzatilgan
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Bu hodisa yadroviy obekt bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Erondagi Fordo yadroviy inshooti
Eron Seysmologiya markazi Fordo yadroviy markazi yaqinida magnitudasi 2,5 bo‘lgan zilzilani qayd etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaning episentri yer ostida 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Fordo yadroviy markazi joylashgan koordinatalar bilan zilzila qayd etilgan nuqta o‘rtasidagi masofa taxminan 25 kilometrni tashkil qiladi. Hozircha bu zilzilaning yadroviy obekt bilan bog‘liqligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Isroil ushbu markazga kamida bir marta — 13 iyun kuni — havo hujumi uyushtirgan. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning ma’lum qilishicha, hujumdan obektga shikast yetmagan.
Shu bilan birga, Axios portali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Isroil AQShdan Fordo markazini yo‘q qilish uchun yordam so‘ragan. Agar obekt faoliyatni davom ettirasa, bu Isroilning Eron yadroviy dasturini to‘xtatish bo‘yicha maqsadlariga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Fordo yadroviy markazi Eron tog‘li hududida, yer ostida joylashgan va uranni boyitish ishlari olib boriladigan majmua hisoblanadi. Mutaxassislar bu inshootni yuqori darajada himoyalangan deb baholashadi.