Shols Ukrainadagi Britaniya bo‘linmalari haqida razvedka ma’lumotlarini berdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi Britaniya bo‘linmalari haqidagi razvedka ma’lumotlarini oshkor qildi. Bu haqda The Telegraph yozmoqda.
"Janob Shols Buyuk Britaniyadan keyin Germaniya "urush ishtirokchisi" bo‘lishini ta’kidladi", deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, Britaniya parlamentidagi mudofaa qo‘mitasining sobiq raisi Tobias Ellvud o‘z so‘zlarini “razvedka ma’lumotlarini ochiqdan-ochiq suiste’mol qilish” deb atagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shols shu tariqa Ukraina Qurolli kuchlariga uzoq masofali raketalarni yetkazib berishni istamasligini oqlamoqchi bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz