softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

Batafsil o'qish:

Bu jumladan, fuqarolari AQShdagi terrorchilik harakatlarida yoki «antisemit va antiamerika harakatlarida» ishtirok etgan davlatlar ham, deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti.

Foto: Carlos Moreno/Anadolu/picture alliance

Donald Tramp ma’muriyati fuqarolari AQShga kirishi to‘liq yoki qisman taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini sezilarli darajada kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 15 iyun, yakshanba kuni AQSh Davlat departamentining davlat kotibi Marko Rubio imzolagan ichki diplomatik telegramma matniga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Telegrammada aytilishicha, agar 60 kun ichida Vashington xavotirlari sabablarini bartaraf qilmasa, 36 «tashvishga sabab bo‘luvchi» davlat cheklovlarga duchor bo‘lishi mumkin. Xususan, ayrim mamlakatlar fuqarolari AQShdagi terrorchilik harakatlarida yoki «antisemit va antiamerika harakatlarida» qatnashgan», deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti.

Ro‘yxatdagi boshqa davlatlar AQSh ma’muriyati xohlaganidek o‘z fuqarolarini AQShdan chiqarib yuborishga yordam bermagan yoki «ishonchli shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni berish uchun vakolatli yoki hamkorlik qiluvchi hukumatga ega emas», deya ta’kidlagan idorav. Yana boshqa ba’zi davlatlar tomonidan berilgan pasportlar Vashington tomonidan «shubhali» deb baholanadi.

Fuqarolari ikki oydan so‘ng AQShga kirishi to‘liq yoki qisman taqiqlanishi mumkin bo‘lgan 36 ta davlat: Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Burkina-Faso, Butan, Vanuatu, Gabon, Gambiya, Gana, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Dominika, Misr, Zambiya, Zimbabve, Kabo-Verde, Kamboja, Kamerun, Kot-d'Ivuar, Qirg‘iziston, Liberiya, Mavritaniya, Malavi, Niger, Nigeriya, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Siriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Efiopiya va Janubiy Sudan.