Qozog‘iston rasman yagona vaqt mintaqasiga o‘tdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Qozog‘iston 1 mart soat 00:00 dan boshlab butun mamlakat bo‘ylab yagona vaqt mintaqasiga o‘tadi. Bu haqda “Vecher.kz” xabar berdi, deb yozmoqda Qalampir.
“Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtni hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga o‘zgartirishlarga ko‘ra, butun respublika bo‘yicha 2024 yil 1 mart soat 00:00 dan boshlab, yagona vaqt mintaqasidan foydalanish belgilangan. Shunday qilib, Qozog‘iston Respublikasining butun hududi uchun 5-soat mintaqasi (UTC+5) qo‘llaniladi, deyiladi xabarda.
Jumladan, Ostona, Olmaota, Chimkent shaharlari, shuningdek, Oqmo‘la, Olmaota, Jambil, Qarag‘anda, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston, Turkiston, Sharqiy Qozog‘iston, Abay, Jetisu va Ulitov viloyatlarida 2024 yil 29 fevraldan 1 martga o‘tganda mahalliy vaqt bir soat orqaga qaytarilishi kerak.
Manba: www.aniq.uz