softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak

Batafsil o'qish:

Germaniya kansleri va Ummon sultoni Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diplomatik vositalardan foydalanishga hamda Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishga yordam berishga kelishib oldi.

Foto: AP

Germaniya kansleri Fridrix Mers 15 iyun, yakshanba kuni ertalab Ummon sultoni va bosh vaziri Xaysam bin Tariq Al Said bilan telefon orqali suhbatlashdi. Mers Eron «hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak», deb aytdi, deyiladi suhbatdan so‘ng Germaniya hukumatining rasmiy bayonotida.

Ikkala tomon ham endi maqsad Yaqin Sharqda mojaro avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lishi kerak degan fikrga keldi. Bundan tashqari, Fridrix Mers va Xaysam bin Tariq Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishga yordam berish uchun diplomatik vositalardan foydalanishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Germaniya bosh vaziri, shuningdek, Ummon sultoniga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Isroilning Eronga uyushtirgan zarbalari ortidan Germaniyadagi Isroil va yahudiy obektlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Mers bu haqda 15 iyun kuni Kanadadagi G7 sammitiga uchishdan oldin ma’lum qildi.