softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

OAV: Tramp Isroilga Xominaiyni o‘ldirishga ruxsat bermadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

OAV: Tramp Isroilga Xominaiyni o‘ldirishga ruxsat bermadi

Batafsil o'qish:

Eronliklar birorta ham amerikalikni o‘ldirmagan ekan, Islom Respublikasi siyosiy rahbariyatining biror a’zosini yo‘q qilish g‘oyasi hatto muhokama qilinmayapti, deyildi Oq uyda.

Foto: KHAMENEI.IR / AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron oliy rahbari Ali Xominaiyni o‘ldirish rejasiga veto qo‘ydi. Bu haqda 15 iyun, yakshanba kuni Reuters agentligi xabar berdi. «Eronliklar bitta amerikalikni o‘ldirdimi? Yo‘q. Ular shunday qilmaguncha, siyosiy rahbariyatdan (Eron) hech kimni yo‘q qilish g‘oyasi hatto stolda ham yo‘q», dedi ismi sir qolish sharti bilan jurnalistlarga AQSh ma’muriyatining yuqori martabali amaldori.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Amerikaning Fox News kanaliga bu ma’lumotni quyidagicha izohladi: «Hozir hech qachon bo‘lmagan suhbatlar haqida juda ko‘p yolg‘on xabarlar bor va men bunga qo‘shilmoqchi emasman. Aytishim mumkinki, biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilyapmiz va qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilamiz. Menimcha, Qo‘shma Shtatlar AQSh uchun nima yaxshi yoki nima yomon ekanini biladi».

Avvalroq The Wall Street Journal ismini oshkor etmagan isroillik mulozimga tayangan holda Xominaiyga hujum qilish «taqiqlanmagani»ni aytgan edi. WSJ manbasi qo‘shimcha qilishicha, Isroil agar bu Eron yadroviy dasturini yo‘q qilishga yordam bersa, Erondagi har qanday ehtimoliy nishonlarga zarba berishi mumkin.

Eronga qarshi harbiy amaliyotning birinchi kunida Isroil harbiy-havo kuchlari Ali Xominaiyning qarorgohiga zarba bergani xabar qilingandi.