softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi

Batafsil o'qish:

To‘rt kun davomida armiya Eronning bir necha yuqori martabali harbiylarini o‘ldirdi va yadroviy inshootlarga zarar yetkazdi. Bunga javoban Eron Isroilga hujum boshladi.

Foto: Reuters

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) Eronga qarshi «Isyonkor sher» harbiy operatsiyasining birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi.

Isroil armiyasi 13 iyun kuni boshlangan operatsiyani «tarixiy» deb atadi va «Eron yadroviy loyihasiga» qaratilganini ma’lum qildi.

Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyaning birinchi bosqichida o‘ndan ortiq yuqori martabali harbiylar yo‘q qilingan, Erondagi harbiy bazalar va yadroviy obektlarga, xususan, Natanzdagi Eron yadroviy dasturi muhim obektining yer usti qismiga zarar yetkazilgan, raketa uchiruvchi qurilmalarning bir qismi yo‘q qilingan.

Tehron Isroil hujumlari oqibatida 200 nafardan ortiq odam halok bo‘lgani va 1200 nafardan ortig‘i jarohatlanganini ma’lum qildi.

Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng, Eron «Haqqoniy va’da 3» javob operatsiyasini boshladi. Eronning Isroilga, xususan, Tel-Aviv va Hayfaga raketa zarbalari tufayli 24 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 600 nafarga yaqini yaralandi.