Guterresh Isroilning insonparvarlik yordami tarqatish paytida G‘azoga bergan zarbasini qoraladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Isroilning G‘azo sektoriga gumanitar yordam tarqatish chog‘ida uyushtirgan hujumini qoraladi.
Bu haqda Bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
"Bosh kotib G‘azoning shimolida sodir bo‘lgan, xabarlarga ko‘ra, hayotni saqlab qolish uchun yordam kutayotgan yuzlab odamlarning o‘limi va jarohati bilan yakunlangan bugungi voqeani qoralaydi", dedi u.
Dyujarrik gumanitar yordamga G‘azodagi tinch aholi, jumladan, tashkilot bir haftadan ko‘proq vaqt davomida yordam yetkaza olmayotgan qamaldagi shimoliy qismi aholisiga muhtoj ekanini qo‘shimcha qildi.
Manba: www.aniq.uz