softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

Batafsil o'qish:

Pokiston bu harakatlarni urush ochish sifatida baholashini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Hindiston uchta g‘arbiy daryodagi «ortiqcha suv oqimini» Panjob, Xaryana va Rajastxon shtatlariga yo‘naltirish uchun 113 km uzunlikdagi kanalni texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini olib bormoqda. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Hindiston yangi kanal orqali Hind daryosi suvidagi ulushidan «samarali foydalanish»ni istamoqda.

Hindistonning rejasi uchta g‘arbiy daryo - Pokistonga oqib o‘tadigan Jyelum, Chinob va Hind daryolariga qaratilgan. Hindiston hozir bu daryolardagi suvning ko‘p qismini ishlatmaydi, chunki ularning tabiiy yo‘li mamlakatga «kam foyda keltiradi».

Loyiha Chinob daryosini Ravi-Bias-Sutlej tizimi bilan bog‘laydigan yangi kanallarni qazishni nazarda tutadi, ishlar uch yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Hindiston va Pokiston o‘rtasida Hind daryosi havzasi suvidan foydalanishni tartibga soluvchi «Hind suvi shartnomasi» mavjud. 1960 yil imzolangan ushbu hujjat Hindistonning sharqiy, Pokistonning esa g‘arbiy daryolar – Hind, Jyelum va Chinob ustidan nazoratini ta’minlaydi.

Kelishuvga ko‘ra, Hindiston ba’zi istisnolardan tashqari, g‘arbiy daryolar Pokiston tomon oqishiga yo‘l qo‘yib berishi kerak. G‘arbiy daryolar Hind havzasi umumiy oqimining 80 foizidan ortig‘i – 117 milliard kub metrni tashkil qiladi.

O‘z navbatida Pokiston daryolarni burishga urinish javobsiz qolmasligini ta’kidlamoqda.

– Ayni maqsaddagi har qanday amaliyot urush ochish sifatida qabul qilinadi. Pokistonga tegishli oqimni to‘xtatish yoki burish, quyi sohil bo‘yi davlatlari huquqini suiste’mol qilish urush harakati sifatida baholanadi. Bunday holatda Hindiston bilan oldi-sotdi, jumladan Pokiston orqali har qanday uchinchi davlatga va undan har qanday savdo darhol to‘xtatiladi. Pokiston havo hududi Hindistonga tegishli yoki ushbu davlat tomonidan boshqariladigan barcha aviakompaniyalar uchun yopiladi, deyiladi Pokiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabarida.

22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir mintaqasidagi Pahalgam shahri yaqinida terrorchilik hujumi sodir etilganidan so‘ng, Hindiston bu harakatda Pokistonni ayblab, Hind daryosini to‘sib qo‘ygan edi. Ammo keyinchalik, vaziyat yumshagach, daryo o‘zani ochib yuborildi.