softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi

Batafsil o'qish:

Oq uy rahbari Qo‘shma Shtatlar Eron osmoni ustidan nazoratni qo‘lga kiritganini, shuningdek, Eron oliy rahbari qayerga yashiringanini bilishini aytdi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida Eron haqida ketma-ket post joylashtirdi.

«Endi biz Eron osmonini butunlay va to‘liq nazorat qilyapmiz. Eronda yaxshi kuzatuv tizimlari va boshqa mudofaa uskunalari bor edi, ular juda ko‘p edi. Lekin ular AQSh yaratgan, loyihalashtirgan va ishlab chiqargan narsalar bilan taqqoslaganda hech narsa emas. Hech kim buni Amerikadan yaxshiroq qilolmaydi!», deb yozdi Tramp.

Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi. Shuningdek, AQSh Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy qayerdaligini bilishini aytdi.

«Biz «Oliy rahbar» deb ataluvchi shaxs qayerda yashiringanini aniq bilamiz. U oson nishon, lekin u omonlikda. Biz uni ushlamoqchi (o‘ldirmoqchi!) emasmiz, hech bo‘lmaganda hozircha. Lekin biz tinch aholi yoki amerikalik askarlarga qarata raketa otilishini istamaymiz. Sabr-toqatimiz to‘lib bormoqda», dedi Tramp va «So‘zsiz kapitulyatsiya (taslim bo‘lish)!», deb qo‘shimcha qildi.