softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

KXDR ishchilari Rossiyaning Kursk viloyatini tiklash uchun yuboriladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

KXDR ishchilari Rossiyaning Kursk viloyatini tiklash uchun yuboriladi

Batafsil o'qish:

Kursk viloyatiga Shimoliy Koreyadan ming nafar sapyor va besh ming nafar harbiy quruvchi keladi.

Foto: TASS

KXDR Rossiyaning Kursk viloyatini tiklash uchun olti ming mutaxassis yuboradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Pxenyanga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb yozdi «Interfaks». Shoyguning aytishicha, Kursk viloyatiga Shimoliy Koreyadan ming nafar sapyor va besh ming harbiy quruvchi keladi.

Bundan tashqari, Rossiyada Kursk uchun janglarda halok bo‘lgan KXDR askarlariga bag‘ishlangan yodgorliklar ochiladi.

Bu Shoyguning so‘nggi uch oy ichida Shimoliy Koreyaga uchinchi tashrifidir.

2025 yil may oyida Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 mingga yaqin mehnat migrantini jo‘natgan, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Hozir KXDR fuqarolarining aksariyati Uzoq Sharqda ishlamoqda. Qayd etilishicha, mahalliy ish beruvchilar KXDR ishchilarini qadrlaydi, chunki ular kam maoshga rozi, kuniga 12 soat ishlashga tayyor va mehnat sharoitlaridan nolimaydi.

Fevral oyi boshida Yonhap axborot agentligi ham razvedka ma’lumotlariga tayanib, ishchi kuchi tanqisligi sharoitida Pxenyan minglab ishchilarini Rossiyaga yuborgani haqida xabar bergan edi.

2017 yilda BMT barcha davlatlardan Shimoliy Koreya ishchilarini vataniga qaytarishni va kelajakda ularni ishga olmaslikni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Shimoliy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, xorijdagi shimoliy koreyaliklar ish haqining 70 foizini davlatga o‘tkazishi shart, sanksiyalar shu bilan bog‘liq. BMT rezolyutsiyasida qayd etilishicha, KXDR rasmiylari bu daromadni yadro quroli va ballistik raketalarni yaratish dasturlariga sarflaydi.