softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV

Batafsil o'qish:

Donald Tramp Fordo yadro obektiga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro inshootlariga, xususan, Fordo obektiga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Axios o‘z manbalariga tayanib.

«Tramp harbiy harakatlarga qo‘shilish va Eron yadro inshootlariga, xususan, Fordo zavodidagi uranni boyitish bo‘yicha yerosti inshootiga zarba berish haqida jiddiy o‘ylamoqda», deyiladi xabarda.

Bir qancha rasmiylarga ko‘ra, AQSh prezidenti milliy xavfsizlik guruhi bilan bo‘ladigan yig‘ilishda Vashingtonning Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha kelajakdagi pozitsiyasini muhokama qilmoqchi.

Axios gazetasining xabar berishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu yaqin kunlarda AQSh Eronga zarba berish operatsiyasiga qo‘shilishiga ishonadi.

AQSh shu paytgacha Isroilga faqat Eron raketa zarbalaridan himoyalanishda yordam bergan, ammo Eronga zarba berishda qatnashmagan.

Fordo - Qum shahri yaqinida (Tehrondan 150 km janubda) joylashgan uranni boyitish zavodi. U tog‘li hududda qurilgan va yer ostida joylashgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, obektning chuqurligi taxminan 80-100 m. Maxfiy zavod haqida 2009 yilda ma’lum bo‘lgan. Bu yerda Eron tibbiy va tadqiqot maqsadlarida, shuningdek, Tehron tadqiqot reaktori uchun yadro yoqilg‘isi olish maqsadida uranni 20 foizgacha boyitadi.