softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV 

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV 

Batafsil o'qish:

Agar AQSh urushga qo‘shilsa va Eronning Fordodagi asosiy yadroviy inshootiga zarba bersa, Eron qarab turmasligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images

Agar AQSh urushga qo‘shilsa, Eron Amerika harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalar va boshqa qurollarni tayyorlab qo‘ydi, deb yozdi The New York Times (NYT) maxfiy ma’lumotlardan xabardor AQSh rasmiylariga tayanib.

Eronning ikki nafar rasmiysi agar AQSh Isroil zarbalariga qo‘shilsa, Eron Amerikaning Iroqdagi harbiy bazalaridan boshlab, Yaqin Sharqdagi bazalarigacha hujum qilishini tan oldi.

AQSh rasmiylari orasida, deb yozdi NYT, urushning keng tus olishidan qo‘rquv kuchaymoqda. Agar AQSh urushga qo‘shilsa va Eronning Fordodagi asosiy yadroviy inshootiga zarba bersa, Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiy jangarilari Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni qayta boshlashi mumkin, deb hisoblamoqda rasmiylar. Ularning aytishicha, Eronga mintaqadagi AQSh harbiy bazalariga «hujum qilish uchun ko‘p vaqt kerak emas».

Boshqa manbalarga ko‘ra, agar hujum sodir bo‘lsa, Eron Fors ko‘rfazida AQSh harbiy kemalarini to‘sib qo‘yish maqsadida Hurmuz bo‘g‘ozini minalashtirishni boshlashi mumkin.