Kanada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ottava Kiyevga dronlar, o‘q-dorilar va zirhli texnikalar xarid qilish uchun 2 milliard Kanada dollari, shuningdek, infratuzilmani tiklash uchun 2,3 milliard dollar kredit ajratadi. Bosh vazir Karni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi.
Foto: Reuters
Kanada bosh vaziri Mark Karni Ukrainaga qo‘shimcha 2 milliard Kanada dollari (1,47 milliard AQSh dollari) harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda Kanada hukumati rahbari 17 iyun, seshanba kuni G7 sammitiga kelgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Karnining so‘zlariga ko‘ra, yangi yordam paketi dronlar, o‘q-dorilar va zirhli mashinalar uchun pulni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u Kiyevga infratuzilmani tiklash uchun yangi 2,3 milliard dollar kredit berilishini va’da qildi.
Bundan tashqari, Mark Karni Moskvaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beruvchi 77 jismoniy va 39 yuridik shaxsga, shuningdek, Rossiya «soyadagi floti»ning 200 ta kemasiga nisbatan cheklov choralari joriy etilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi AFP. U «muzokaralar stoliga o‘tirishdan bosh tortgan Rossiyaga maksimal bosim o‘tkazish muhimligini» qayd etdi.