softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi

Batafsil o'qish:

Mablag‘ rivojlanish bo‘yicha muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

Foto: akorda.kz

2025 yilda Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga 1,5 milliard yuan (209 million dollar) beg‘araz yordam beradi. Bu haqda Xitoy raisi Si Jinping «Xitoy-Markaziy Osiyo» ikkinchi sammitida ma’lum qildi.

«Bu yil biz Markaziy Osiyo mamlakatlariga aholi farovonligini oshirish va o‘z rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha muhim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,5 milliard yuan miqdorida bepul grant ajratishga tayyormiz», dedi Si Jinping.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Markaziy Osiyo formati doirasida Xitoy qashshoqlikdan xalos bo‘lish markazi, ta’lim sohasida almashinuv va hamkorlik markazi, cho‘llanishga qarshi kurash markazi, shuningdek, savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish platformasini tashkil etishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi sammit chog‘ida Si Jinping Markaziy Osiyo mamlakatlariga 26 milliard yuan (taxminan 3,72 milliard dollar) miqdorida beg‘araz yordam ajratilishini e’lon qilgan edi.

Ikkinchi sammit 2025 yil 17 iyun kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etdi.