softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi

Batafsil o'qish:

U hamon Eronning so‘zsiz taslim bo‘lishini talab qilishini ta’kidladi.

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘yganini aytdi. U hamon Eronning so‘zsiz taslim bo‘lishini talab qilishini ta’kidladi.

«Hammasi oddiy - Tehron taslim bo‘lishi kerak», dedi Tramp.

U agar Eron bu talabni rad etsa, AQSh Eronning harbiy va yadroviy inshootlariga zarba berishi bilan tahdid qildi va amerikaliklar bu mamlakat osmonini to‘liq nazorat qilayotganini eslatdi.

«Shunda biz barcha yadroviy narsalarni portlatib yuboramiz, ular Eron bo‘ylab joylashtirilgan», dedi Tramp.

Uning fikricha, Eronning «niyati yomon», chunki «40 yildan beri ular Amerikaga, Isroilga va o‘zlari yoqtirmagan odamlarga o‘lim tilamoqda».

Tramp, shuningdek, Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda yordam berishni taklif qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vositachiligidan bosh tortganini aytdi.

«Men unga aytdim: menga yaxshilik qil – o‘zingga vositachi bo‘l... Vladimir, kel, avvalo Rossiya bilan shug‘ullanaylik. Eron bilan keyinroq shug‘ullanishing mumkin», dedi Tramp. AQSh prezidenti tezroq tugatilishi tarafdori bo‘lgan Ukrainadagi urushni nazarda tutganini ta’kidladi.