softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi

Batafsil o'qish:

Biroq Eron tomonidan yuzaga keltirilgan noaniqlik «har doim yomon belgi» ekanini ta’kidladi.

Foto: Getty images

Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) Eron yadroviy qurol yaratishga urinayotgani haqida aniq dalillarga ega emas, biroq Eron tomonidan yuzaga keltirilgan noaniqlik «har doim yomon belgidir», dedi agentlik bosh direktori Rafael Grossi.

Dunyoning hech bir davlati Eron kabi uranni 60 foizgacha boyitmaydi, bu texnik jihatdan deyarli 90 foizga, ya’ni yadro quroli yaratish uchun zarur bo‘lgan darajaga yaqin, dedi Grossi matbuot anjumanida, Eron bunga qanchalik yaqin ekani haqidagi savolga javob berar ekan.

«Ayni paytda biz siyosiy tahlilchilar yoki hukumat amaldorlari emas, balki inspektormiz. Yadro quroli bo‘yicha faol dastur borligini aytish uchun bizga aniq dalillar kerak va biz buni ko‘rmadik. Ammo bu ular jiddiy tashvishlanadigan zonada emasligini anglatmaydi», dedi Grossi.

Avvalroq, Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya oldidan Eron atom bombalari uchun portlatgichlar tayyorlashni boshlagani haqida razvedka ma’lumotlari borligini ma’lum qilgan edi.

AQSh bunday ma’lumotlarga ega emas, bu uning Isroil zarbalariga qo‘shilishni istamasligini qisman tushuntiradi.