softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh razvedkasi Eronning yadro quroli ustida ishlayotganiga oid hech qanday dalil topmadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh razvedkasi Eronning yadro quroli ustida ishlayotganiga oid hech qanday dalil topmadi

Batafsil o'qish:

AQSh prezidentining Eron yadroviy qurol yaratishga yaqin ekani haqidagi da’volariga qaramasdan, uning mamlakati Milliy razvedka xizmati senatorlarga yana bir bor Tehronning yadro quroli ustida ishlayotganiga oid dalil yo‘qligini ma’lum qildi.

Foto: Ahmad Hatefi/newscom/picture alliance

AQSh Milliy razvedka xizmati Eronning yadroviy qurol yaratish ustida ishlayotgani haqida haligacha hech qanday dalilga ega emas. Bu haqda 18 iyun, chorshanba kuni kechqurun MSNBC telekanalida Senatning razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mark Uorner aytib o‘tdi. Demokratik partiya vakili Milliy razvedkaning ikki kun avval senatorlar bilan bo‘lishgan xulosalarini keltirdi.

Uorner, shuningdek, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard 25 mart kuni maxsus qo‘mita uchun yozma bayonotida: «Eron bomba yasash bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmadi», deb aytganini eslatdi. «Shu haftaning dushanba kuni biz razvedka ma’lumoti o‘zgarmagani haqidagi tasdiqni oldik», deya qo‘shimcha qildi senator-demokrat efirda. «Tvitlar orqali tashqi siyosat yuritish - ahmoqona ish. Lekin bu odam shunday qilyapti», dedi u, shuningdek, Tramp «barcha razvedka ma’lumotlariga e’tibor bermasligini» ta’kidlab.

Mart oyi oxiridagi xabarida Gabbard o‘z idorasining 18 AQSh razvedka bo‘linmasining Eron bo‘yicha xulosalarini umumlashtirgan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, «Eron yadroviy qurol yaratmayapti va oliy rahbar Xominaiy 2003 yilda to‘xtatib qo‘ygan yadroviy qurol dasturiga ruxsat bermagan».