Rus aviasiyasi benihoya qimmat samolyotidan ayrildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Yana bir A-50 erta ogohlantirish va nazorat samolyoti (AEW&C) Azov dengizi qirg‘oqlari yaqinida urib tushirildi.
Quruqlikdan olingan tasvirlardan ma’lum bo‘lishicha, samolyot zenit-raketa tizimi bilan nishonga olingan.
Ekipaj hujumga chap berish uchun issiqlik qopqonlaridan foydalangan.
Birinchi bosqichda (00:52) bu ish berdi. Raketa samolyot emas, issiqlik qopqoniga kelib urildi. Ammo ikkinchi raketa o‘z ishini bajarib, (01:02) samolyot bilan to‘qnashdi.
Odatda A-50 uchog‘ida 5 kishilik uchuvchi ekipaji, yana 10 kishilik missiya ekipaji bo‘ladi. Ularning hech biri omon qolmagan
Ukraina tomoni allaqachon hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Manba: www.aniq.uz