Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Amerika yetakchisi Eron bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimoli katta, deb hisoblamoqda.
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp ikki hafta ichida Eronga zarba berish bo‘yicha bir qarorga keladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt navbatdagi brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti Tehron bilan diplomatik hamkorlik qilish imkoniyatlariga ishonadi.
«Eron bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimoli katta, bu yaqin kelajakda bo‘lib o‘tishi yoki bo‘lmasligi sababli, ikki hafta ichida harakat qilish yoki qilmaslik haqida qaror qabul qilaman», deb Levitt Amerika prezidenti so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Avvalroq, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Kan 11 telekanali efirida yahudiy davlati Eron yadroviy inshootlariga zarba berish masalasida «har qanday yordamni mamnuniyat bilan qabul qilishini» aytdi.
Avvalroq The Wall Street Journal AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiya rejasini ma’qullagani, biroq mamlakatga biroz muhlat berishga qaror qilgani haqida yozgan edi.