Isroilning so‘nggi hujumida 104 nafar falastinlik halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
29 fevral kuni Isroil kuchlari G‘azoda oziq-ovqat karvonini kutayotgan tinch aholi vakillariga hujum qildi. Hujum natijasida kamida 104 nafar falastinlik halok bo‘lgan va 700 dan ortiq kishi yaralangan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Isroil hujumlari asosan G‘azodagi Nuseyrat, Bureyj va Xon Yunus lagerlariga qaratilgan. Ushbu lagerlar havodan o‘qqa tutilgan.
G‘azodagi norasmiy nashrlar hujum oqibatida G‘azoda bolalarning ommaviy o‘ldirilishi sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. Shuningdek, hujumdan so‘ng yaralanganlar joylashtirilgan Kamol Advan va Al-Shifa kasalxonalarida suvsizlanish va to‘yib ovqatlanmaslikdan olti nafar bola halok bo‘lgan.
Hujumga guvoh bo‘lganlar bildirishicha, oziq-ovqat olish uchun to‘plangan olomon dastlab harbiy texnikadan o‘qqa tutilgan. So‘ngra to‘g‘ridan to‘g‘ri artilleriya va dron hujumlari, yalpi o‘qqa tutish sodir bo‘lgan.
Isroilning so‘nggi hujumida shikastlanganlarning ko‘pchiligi kasalxonalarda o‘rinlar yetishmasligi bois bir necha soat ko‘chada qolib ketgan. Jarohatlarning ko‘pchiligi birinchi yordam ko‘rsatilmagani va ko‘p qon yo‘qotishdan halok bo‘lgan.
HAMAS guruhi hujumni “misli ko‘rilmagan urush jinoyati” deb e’lon qilgan va uni qoralagan. Isroil harbiy ma’muriyati esa tinch aholiga nisbatan uyushtirilgan so‘nggi hujum haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan.
Manba: www.aniq.uz