softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi

Batafsil o'qish:

Buning uchun Eronga tinchlik shartnomasini tuzish bo‘yicha takliflar beriladi.

Foto: AP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlari Eron uchun muzokaralar bo‘yicha keng qamrovli taklif tayyorlayotganini aytdi. Maqsad - Tehron va Isroil o‘rtasidagi jangovar harakatlarga barham berish. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Ittifoqi oliy vakili 20 iyun kuni Jyenevada Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy bilan uchrashadi. Bu Eron va Isroil o‘rtasida bir hafta avval boshlangan harbiy harakatlar avj olganidan keyin Tehron vakillari bilan oliy darajadagi birinchi diplomatik uchrashuv bo‘ladi.

Makron so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yadroviy qurol yaratilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan uranni boyitish jarayonini butunlay to‘xtatish, shuningdek, Eronning raketa faoliyati va terrorchi guruhlarni moliyalashtirishni cheklashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Nashrning ta’kidlashicha, bu masalalar tinchlik shartnomasini tuzish yo‘lidagi eng jiddiy to‘siqlardan biri hisoblanadi.

Nashrning xabar berishicha, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi, Germaniya tashqi ishlar vaziri Iohan Vadeful va Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro uchrashuvga allaqachon kelgan.

«Biz, yevropaliklar, vaziyatni yumshatish uchun Eron bilan muloqotga kirishmoqdamiz. Mumkin bo‘lgan yagona yo‘l - muloqotdir», deb yozdi Barro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Makronning qayd etishicha, Fransiya TIV rahbari Eronga bir necha choralarni taklif qiladi, jumladan, XAEA mutaxassilarini barcha yadro inshootlariga kiritish, ballistik dasturlar ustidan nazoratni amalga oshirish, mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi terrorchilik guruhlarini moliyalashtirishni to‘xtatish, shuningdek, garovga olinganlarni ozod qilish kabi.