«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya prezidentining «rus askarining qadami yetgan joy bizniki» degan so‘zlariga izoh berdi.
Foto: Reuters
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) Ukrainadagi urush haqida aytgan so‘zlarini «bema’nilik» deb atadi.
Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va butun dunyo o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirayotgan pallada Rossiya prezidenti «Ukrainaning yangi hududlarini egallab olish va ko‘proq ukrainaliklarni o‘ldirish rejalarini muhokama qilmoqda».
Sibiga Putinning Rossiya armiyasi qayerlarga yetib borishi mumkinligi haqidagi so‘zlariga ham izoh berdi. Xususan, Rossiya prezidenti «rus askarining qadami yetgan joy bizniki», degan edi.
«Ammo bugungi kunda Putinning telba bayonotlari orasida rus askarining qadami haqidagi so‘zlari ajralib turadi. Aslida, rus askarining qadami qayerga yetsa, u faqat o‘lim, halokat va vayronagarchilik olib keladi. Putinni rus askarlari va ularning Ukraina dronlari tomonidan uzib olingan oyoqlari qayg‘uga solmaydi. U o‘z xalqining ommaviy qotili», dedi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari.
20 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) ishtirok etgan Vladimir Putin Ukraina haqidagi fikrlarini aytdi.
«Harbiy harakatlarning ma’lum bir mantig‘i sodir bo‘lmoqda va qo‘shinlar turli hududlarni egallamoqda. Bizda eski qoida bor – rus askarining qadami yetgan joy bizniki», degan edi Rossiya prezidenti.