softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

Batafsil o'qish:

Bostondagi sudya Donald Trampning Milliy fan fondidan universitetlarga to‘lovlarni cheklash siyosatini noqonuniy deb topdi.

Foto: REUTERS

Bostondagi Massachusets federal okrug sudi sudyasi Indira Talvani may oyida tasdiqlangan Milliy fan fondi (NSF)ning universitetlarning grant tadqiqotlari bilan bilvosita bog‘liq ma’muriy va moddiy xarajatlar uchun kompensatsiya olish imkoniyatini cheklovchi siyosatini bekor qildi. Bu haqda 20 iyun, juma kuni Reuters va Bloomberg agentligi xabar berdi.

Shu tariqa sud AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining universitetlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni qisqartirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini amalga oshirishga yana bir huquqiy to‘siq yaratdi. Sudya Tramp hukumatining harakatlarini «o‘zboshimchalik va noxolislik» deb atadi.

NSF avvalroq respublikachi ma’muriyatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘g‘ri kelmaydigan yuzlab grantlarni muzlatib qo‘ygan edi. Qolaversa, AQShning eng nufuzli universitetlari, jumladan Harvard universitetiga davlat tomonidan ajratiladigan milliardlab dollarni to‘lamaslikka qaror qilindi.

Avvalroq AQShning Boston federal sudi Trampning Harvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash haqidagi qarorini noma’lum muddatga bloklagan edi. Sobiq prezident Barak Obama tomonidan tayinlangan sudya Ellison Berrouz 29 may kuni shunday hukm chiqardi. Berrouzning qayd etishicha, bu qaror «status-kvoni saqlab qolish»ga yordam beradi.