WADA konferensiyasida o‘zbekistonlik mutaxassislar ham qatnashmoqda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Fransiyaning Kann shahrida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan o‘tkazilayotgan Xalqaro ta’lim konferensiyasida 200 ga yaqin mamlakat vakillari qatorida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
Tadbirda tendensiyalar, ta’lim dasturini ishlab chiqishga hissa qo‘shish va xalqaro miqyosda antidopingga qarshi sa’y-harakatlarni umummaqsad yo‘lida birlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Aytish lozim, WADA tomonidan tashkil etilgan Xalqaro ta’lim konferensiyasi to‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, oldingi yig‘inlar Kanada (2015), Xitoy (2018) va Avstraliyaning Sidney shahrida (2022) o‘tkazilgan.
Konferensiya davomida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Fransiya, Litva va Turkiya antidoping tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarni imzolashni rejalashtirmoqda.
Kecha tadbirning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazilib, ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan xolda ish boshladi. Sessiyalar davomida sportchilarni dopingga qarshi harakatga jalb qilishning ahamiyati, antidoping ta’limini rejalashtirish va loyihalash asoslari, toza sport xatti-harakatlarini rivojlantirish, qasddan bo‘lmagan doping va qadriyatlarga asoslangan ta’lim mavzulari bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.
Manba: www.aniq.uz