softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi

Batafsil o'qish:

U giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

Foto: SANA

Suriya rasmiylari sobiq prezident Bashar Asadning amakivachchasi Vasim Asadni hibsga oldi. U giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi SANA axborot agentligi.

Bosh razvedka xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari Vasim Asadni Suriya-Livan chegarasida qo‘lga olgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Bashar Asad davrida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan.

Bashar Asad mamlakatni 2000 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. 2024 yil dekabrda Suriyada keng ko‘lamli hujum boshlagan islomiy guruhlar koalitsiyasi hokimiyatni qo‘lga olganini e’lon qildi. Asad iste’foga chiqdi va Rossiyaga uchib ketdi. 29 yanvar kuni Suriyada muvaqqat hukumat tuzildi, Ahmad Ash-Sharaa yangi prezident bo‘ldi.