softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Braziliyada havo shari qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Braziliyada havo shari qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Havo sharida yong‘in boshlangach, uchuvchi uni pastga tushirgan va odamlarga sakrashni buyurgan, ammo barcha sakrashga ulgurmagan va ularni shar yana yuqoriga olib ketgan, ko‘p o‘tmay yong‘in tufayli u yerga qulagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Braziliyaning Praya Grande shahrida havo shari qulashi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Santa-Katarina shtati gubernatori Jorjino Mello.

Shar savatida jami 21 kishi bo‘lgan. Ulardan 13 nafari, jumladan uchuvchi omon qolgan, bedarak yo‘qolganlar yo‘q, deb xabar berdi shtat hukumati matbuot xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in havo shari savatidagi yondirgich tufayli boshlangan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda mintaqada havo ochiq edi.

Ma’lum qilinishicha, havo shari tibbiyot markazi yaqinida qulagan.

«Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, savat ichida yong‘in boshlangan, u apparatni favqulodda tushira boshlagan va shar yerga juda yaqin kelganda odamlarga sakrashni buyurgan», – dedi voqea joyiga yetib kelgan jurnalistlarga Praya-Grande politsiyasi zobiti Tiago Luis Lemos.

«Yo‘lovchilar sakrashni boshlagan, ammo ba’zilari bunga ulgurmagan. Alanga kuchayib, shar yana yuqoriga ko‘tarilib ketgan. Keyinroq u shokilasi yo‘qolgani sababli qulab tushgan», – deya qo‘shimcha qildi politsiya vakili.

Jabrlangan 13 kishi yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Gubernator Mello o‘z ixtiyoridagi barcha resurslar jabrlanganlarga yordam berish va halok bo‘lganlarning oilalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilganini ta’kidlagan.

«Biz motamdamiz, sodir bo‘lgan voqea – fojia, – dedi u. – Nima uchun bunday bo‘lganini aniqlaymiz. Ammo hozir eng muhimi – odamlar va oilalarga yetib borish uchun qo‘limizdan kelganini qilish».

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva X platformasida «qurbonlarning oilalari bilan birdamligi»ni bildirgan.

Uning ishontirishicha, federal hukumat har qanday yordam ko‘rsatish uchun mahalliy hokimiyat bilan yaqindan ishlamoqda.

Praya Grande Santa-Katarina shtatining janubida joylashgan bo‘lib, mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi. Shahar havoda sayohatga oid ko‘ngilochar mashg‘ulotlari bilan mashhur.