Eron AQSh hujumiga qaramay, yadro sohasini rivojlantirishga va’da berdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Eron tomoni yadroviy obektlarga berilgan zarbalar «MAGATE loyaqatdligi, hattoki ko‘magida sodir etilgani»ni ta’kidlab, dunyo hamjamiyatini AQShning harakatlarini qoralashga chaqirdi.
Foto: REUTERS
Eron o‘zining yadro sanoati rivojlanishi to‘xtatilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat Atom energiyasi tashkiloti ma’lum qildi.
Tashkilot Erondagi uchta yadroviy obekt — Fordo, Natanz va Isfahonga amalga oshirilgan hujumlarni xalqaro huquqning buzilishi deb atab, dunyo hamjamiyatini AQShni Eronga uyushtirgan hujumini uchun qoralashga chaqirdi.
«Jinoyat MAGATEning loqaydligi, hattoki ko‘magida sodir etildi… Dunyo hamjamiyati bu qonunsizlik harakatini, ya’ni «jungli qonunlari» tamoyiliga asoslangan bu hodisani qoralashi va Eronning qonuniy huquqlarini tiklashda uni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda», — deyiladi Mehr agentligi xabarida.
Eron yadroviy inshootlariga hujum 22 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirildi. G‘arb OAVga ko‘ra, AQSh Harbiy-havo kuchlari zarba berishda B-2A Spirit bombardimonchisidan foydalangan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Eronning muhim yadroviy obektlari yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Eron davlat televideniyesi siyosiy direktori o‘rinbosari Hasan Abediniy esa jonli efirda Eron «biroz oldin» ushbu uchta yadroviy obektni evakuatsiya qilganini aytdi. Bu Tehronning AQShning o‘z yadroviy obektlarini bombardimon qilishiga birinchi rasmiy munosabati bo‘ldi. Abediniy Eron «jiddiy zarar ko‘rmagani, chunki materiallar allaqachon olib chiqib ketilgani»ni ta’kidlagan.