softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev

Batafsil o'qish:

RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari dunyoning qator davlatlari Eronga «bevosita yadroviy jangovar komplektlarini berishga tayyorligi»ni ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Donald Tramp Eronning yadro obektlariga zarba berishni buyurib, «AQShni yangi mojaroga tortdi». Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi», — deb yozadi u o‘zining Telegram kanaliga.

Medvedevning ta’kidlashicha, «dunyoning mutlaqo katta qismi Isroil va AQSh harakatlariga qarshi», ayrim davlatlar hatto «Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining yadroviy jangovar komplektlarini yetkazib berishga tayyor». Shu bilan birga, Medevedev ular orasida Eronning «strategik sherigi» hisoblanuvchi Rossiya bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan.

Medvedev, shuningdek, amerikaliklarning zarbasi jiddiy zarar yetkazmagani, ammo eronliklarni oyatulloh rejimi atrofida jipslashtirgani va endi Tehron aniq yadroviy qurolni yaratishiga ishonch bildirdi. «Bunday muvaffaqiyat bilan Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti nasib etmaydi… Yaxshi boshlanish, tabriklayman, janob prezident!» — deb yozadi u.

AQSh Eron yadro obektlarini yo‘q qilish uchun Isroilga qo‘shildi va 22 iyunga o‘tar kechasi Natanz, Isfahon va Fordodagi muhim zavodlarga zarbalar berdi. Tramp operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Tehronni «zudlik bilan» yadoviy bitimni tuzishga chaqirib, aks holda yangi zarbalarni amalga oshirish bilan tahdid qildi.

Bunga javoban Eron Atom energiyasi agentligi sodir bo‘lgan hodisaga qaramay, uranni boyitish bo‘yicha o‘z dasturini davom ettirishini ma’lum qildi. Shuningdek, Eron dunyo hamjamiyatidan AQShni qoralashga va BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi. Eron TIV rahbari Abbos Arag‘chi Vashingtonni tashkilot xalqaro nizomi va xalqaro huquqni buzishda aybladi.

Hujumga uchragan uchta obekt tashqarisida radiatsiya darajasi oshgani qayd etilmagan bo‘lsada, MAGATE rahbari Rafael Grossi 23 iyun kuniga agentlik rahbariyatining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.