Eron tashqi ishlar vaziri Putin bilan uchrashadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Abbos Aroqchiy 23 iyun kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini aytdi. Eron rasmiysining ushbu safari AQSh hujumi ortidan ro‘y bermoqda.
Foto: Khalil Hamra/Associated Press
Eronning bosh diplomati Abbos Aroqchiy bugun, 22 iyun kuni Moskvaga uchib ketishini, ertaga, 23 iyun ertalab esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda Istanbulda, Islom Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Aroqchiyning o‘zi ma’lum qildi.
«Men bugun tushdan keyin Moskvaga boraman va ertaga Rossiya prezidenti bilan jiddiy maslahatlashuvlar o‘tkazaman.
Rossiya – Eronning do‘sti. Biz har doim bir-birimiz bilan maslahatlashamiz va pozitsiyalarimizni muvofiqlashtiramiz,» dedi u.
Aroqchiyning ta’kidlashicha, Eron AQSh bilan olib borilayotgan yadroviy dastur bo‘yicha so‘nggi muzokaralar haqida Moskvani muntazam ravishda xabardor qilib turgan.
Bu tashrif AQSh tomonidan Erondagi yadroviy inshootlarga uyushtirilgan havo zarbalari ortidan, keskinlik kuchaygan bir vaqtda amalga oshmoqda. Aroqchiy Eron va Rossiya o‘z diplomatik strategiyalarini muvofiqlashtirishga intilayotganini alohida ta’kidladi.