Eron parlamenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Eron parlamenti AQSh yadroviy inshootlarga zarba berganidan keyin Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Foto: NASA
Yakuniy qaror Eron Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinishi kerak, deb xabar beradi Press TV.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Yaqin Sharqdan neft va gaz yetkazib berish kanalidir.
22 iyunga o‘tar kechasi Amerika yetakchisi Donald Tramp AQSh harbiy-havo kuchlari Eronning uchta yadroviy obektiga hujum qilganini ma’lum qildi. Asosiy maqsad uranni boyitish zavodi Fordo edi.
Tramp Eronning asosiy uran boyitish inshootlari «butunlay va to‘liq vayron bo‘lganini» aytdi, garchi Eron Fordo zavodiga qisman shikast yetganini ta’kidlamoqda.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Fors va Ummon ko‘rfazlari orasida joylashgan bo‘lib, shimolda Eron, janubda esa Ummon bilan chegaradosh. Bu Fors ko‘rfazidan ochiq okeanga chiqish uchun yagona dengiz o‘tish yo‘li hisoblanadi. Dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning katta qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi.