Eron yadroviy inshootlardan 408 kg boyitilgan uranni olib chiqishga ulgurdi – OAV
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Amerikalik yuqori martabali amaldorlar Eronning qurol-yarog‘ga mo‘ljallangan uran zaxiralari qayerda ekanini bilmasligini tan oldi.
Foto: Reuters
Eron o‘zining yadroviy inshootlaridan barcha boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan oldin olib chiqishga ulgurdi. Bu haqda The New York Times (NYT) nashri Isroil manbalariga tayanib xabar berdi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 60 foizgacha boyitilgan 408,6 kg uran (U-235) bor edi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu qurol yaratish darajasining deyarli 90 foizini tashkil qiladi. Keyinchalik boyitish bilan bu miqdordan to‘qqiztagacha yadroviy qurol ishlab chiqarilishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy dasturi bunkerlari raketa zarbalari bilan «butunlay yo‘q qilinganini» aytganidan so‘ng, dasturning qismati so‘roq ostida qoldi: yuqori martabali amaldorlar Eronning qurol-yarog‘ga mo‘ljallangan uran zaxiralari qayerda ekanini bilmasligini tan oldi, deb yozdi NYT.
Eronning IRIB davlat teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, Eron AQSh zarbalariga uchragan uchta yadroviy obektni oldindan evakuatsiya qilgan.
AQSh armiyasi 22 iyunga o‘tar kechasi Eronning uchta yadroviy obektiga: Fordo, Natanz va Isfahondagi zavodga zarbalar bergan edi.